Messidan ayrilgan "Barsa" 3 ta top futbolchini sotib olmoqchi

Messidan ayrilgan "Barsa" 3 ta top futbolchini sotib olmoqchi

"Barselona" 2022 yil yozgi transfer rejalari to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, ko‘k-anorranglilar "RB Leypsig" yarim himoyachisi Dani Olmo, "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba va "Borussiya Dortmund" hujumchisi Erling Holand bilan shartnoma imzolashmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Olmo o‘tgan yozda "Barsa"ga o‘tishga tayyor edi, ammo klub uning transferi borasida kelisha olmadi. "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi yozda tugaydigan Pogba erkin agent sifatida "Barsa"ga o‘tishi mumkin. Holandga kelsak, unga ko‘plab Yevropa klublari murojaat qilishadi, lekin yozda u belgilangan miqdordagi tovon puli evaziga sotib olinishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!