Messi va Pochettino o‘rtasida mojaro yuzaga keldi

Messi va Pochettino o‘rtasida mojaro yuzaga keldi

"Pari Sen-Jermen" hujumchisi Lionel Messi Fransiya chempionatining 5-turidan o‘rin olgan "Lion"ga (2: 1) qarshi uchrashuvda almashtirilishidan norozi bo‘ldi.

Argentinalik futbolchi 76-daqiqada maydonni tark etdi va parijliklar bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoga qo‘l bermadi. Hujumchi o‘rniga maydonga himoyachi Ashraf Hakimi tushdi.

Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli Messi yozgi transfer oynasida "Barselona"dan "PSJ"ga ko‘chib o‘tgandi. Bu mavsumda u parijliklar safida uchta o‘yin o‘tkazdi va hozircha gol ura olmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!