Messi "Real"ga qarshi bahslardagi eng yomon natijani takrorladi

Messi "Real"ga qarshi bahslardagi eng yomon natijani takrorladi

Argentinalik hujumchi va "Barselona" sardori Lionel Messi "Real" ga qarshi eng yomon seriyani takrorladi.

Bu haqda futbol statistikasi bo‘yicha mutaxassis Pedro Martin tvitterdagi mikroblogida xabar berdi.

Unga ko‘ra, hujumchi ketma-ket oltinchi “El Klasiko”da gol ura olmagan va shu bilan o‘zining antirekordini takrorlagan.

Oxirgi marta argentinalik futbolchi 2018 yilning 6 may kuni Madrid klubi darvozasini ishg‘ol qilgan edi.

"Barselona" - "Real" uchrashuvi 24 oktyabr kuni "Kamp Nou" da bo‘lib o‘tdi va madridliklarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!