Messi Parijda qolmoqchi emas

Messi Parijda qolmoqchi emas

"PSJ'ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi parijliklar bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas, deb yozadi jurnalist Mikel Blaskes o‘zining Tvitter sahifasida.

Oldinroq Messi nihoyat Fransiyaga moslashgani va yana futboldan zavqlanayotganini aytgandi. Shu bilan birga, "Barselona" argentinalik hujumchini jamoaga qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani xabar qilingandi.

Messi 2021 yildan buyon parijliklar safida to‘p tepadi. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan.

Fransiya chempionatida o‘tkazilgan sakkiz tur yakunlariga ko‘ra, Messi to‘rtta gol urdi va yettita golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!