Messi Laportaning hiyonatini unutmagan

Messi Laportaning hiyonatini unutmagan

Hujumchi Lionel Messining 2023 yil yozida “Barselona”ga qaytishi dargumon, deya xabar beradi Marca.

35 yoshli argentinalik futbolchining fikricha, "Barsa" prezidenti Joan Laporta so‘nggi daqiqada shartnomani uzaytirishni bekor qilib, uni klubni tark etishga majbur qilib, unga "xiyonat qilgan".

Messining klubga qaytishi uchun ba’zi o‘yinchilar va murabbiylar ketishi kerak bo‘ladi, chunki argentinalik "ba’zi odamlar unga bo‘lgan munosabatni unutmagan".

25 sentyabr kuni “Barselona” Messining keyingi yozda Kataloniya klubiga qaytishini istashi haqida xabar berilgan edi.

Messi 2021 yilning yozida “Barselona”ni tark etdi va argentinalik futbolchi erkin agent sifatida “PSJ”ga o‘tdi. 2022/23 yilgi mavsumda u 11 uchrashuvda 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!