Messi kerak emas: "Barselona" boshqa futbolchini sotib olmoqchi

Messi kerak emas: "Barselona" boshqa futbolchini sotib olmoqchi

"Barcelona" ushbu yozda Dortmundning «Borussiya» hujumchisi Erling Xolandni sotib olish uchun qo‘lidan kelganicha harakat qiladi.

Norvegiyalikni sotib olish Kataloniya klubi uchun ustuvor vazifa hisoblanadi. Buning uchun ular, shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydigan hujumchi Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirish borasidagi ishlarini qurbon qilishga tayyor.

Avvalroq Messi faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, ushbu mavsumda argentinalik futbolchi «Barselona» tarkibida barcha turnirlarda 46 uchrashuvda maydonga tushib, unda 37 gol va 12 assist amalga oshirgan.

Erling Xoland 2020/2021 yilgi mavsum, barcha turnirlarda 39 uchrashuv o‘tkazib, 39 gol urgan va 11 golga uzatma bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!