Messi jahon chempionati finali oldidan hissiyotli murojaat bilan chiqdi

Messi jahon chempionati finali oldidan hissiyotli murojaat bilan chiqdi

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi jahon chempionati finali arafasida ijtimoiy tarmoqlarda jamoadoshlari va muxlislarga hissiyotlarga boy murojaat qildi.

«Bu yillar davomidagi eng go‘zal narsa faqatgina qo‘lga kiritilgan sovrinlar emas, balki bosib o‘tgan butun yo‘limiz bo‘ldi. Har kuni shu jamoa bilan birga bo‘lish, yelkama-elka kurashish, og‘ir pallalardan keyin yana oyoqqa turish va har bir qadamdan zavq olish — bularning barchasi beqiyos.

Jamoadoshlarimga, murabbiylar shtabiga va har kuni ushbu terma jamoa bir katta oila bo‘lib qolishi uchun bor kuchini ayamay mehnat qilayotgan barcha insonlarga cheksiz minnatdorchilik bildiraman.

Nima bo‘lishidan qat’i nazar, bu jamoa allaqachon tarix yozdi. Bu tarixni biz hech qachon unutmaymiz va uni hech kim o‘chira olmaydi.

Olg‘a, Argentina!» — deb yozdi Messi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.

Eslatib o‘tamiz, JCH–2026 finalida Argentina va Ispaniya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Cobalt’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 2 baravargacha tushib ketdi

2026 йилнинг биринчи ярмида UzAuto Motors қарийб 83 мингта Cobalt ишлаб чиқарган, аммо шундан атиги 41 мингтаси маҳаллий харидорларга сотилган.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.