Mers va Zelenskiy Ukrainaga havo hujumidan mudofaa raketalarini yetkazib berishni muhokama qildi

Mers va Zelenskiy Ukrainaga havo hujumidan mudofaa raketalarini yetkazib berishni muhokama qildi

Vladimir Zelenskiy va Germaniya kansleri telefon orqali muloqot qilib, Rossiyaning ballistik raketalar yordamida amalga oshirayotgan hujumlari kuchayishi fonida Ukraina havo mudofaasini kuchaytirish masalasini muhokama qildi.

"Hozirgi asosiy masala — odamlarimizni Rossiya ballistikasidan himoya qilish uchun "Patriot ZRK" tizimlariga raketalar yetkazib berishdir. Moskva aynan Ukrainaga berilayotgan raketa zarbalariga so‘nggi umidini bog‘lamoqda. Rossiyaning urushni cho‘zish uchun boshqa imkoniyatlari qolmadi", – deb yozadi Zelenskiy o‘zining Telegram kanalida.

Germaniya hukumati rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy Fridrix Mersga Rossiya qo‘shinlarining Kiyev va Ukrainaning boshqa hududlariga bergan so‘nggi zarbalari oqibatlari haqida ma’lumot bergan. Kanslerning o‘zi esa X ijtimoiy tarmog‘ida "Ukraina bundan buyon ham Germaniya ko‘magiga tayanishi mumkin" deb yozdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Markaziy Osiyoda eng ko‘p oltin kimning qo‘lida jam bo‘lgan?

1. 🇺🇿 Ўзбекистон — Марказий Осиёдаги энг йирик олтин ишлаб чиқарувчи. Ўзбекистон 2025 йилда 9,9 миллиард долларлик олтин экспорт қилди. Марказий банк захираси — 415,5 тонна олтин. Бу дунёдаги энг йирик захиралардан бири.

Husanovning do‘sti rekord narxga transfer qilindi

«Лидс» клуби «Манчестер Сити» дарвозабони Жеймс Траффорднинг трансферини расман эълон қилди.