Merkel kanslerlikdan ketmoqchi. Uning yangi vorisi ma’lum

Merkel kanslerlikdan ketmoqchi. Uning yangi vorisi ma’lum

Germaniyada Xristian demokratik ittifoqi partiyasi Angela Merkelning yangi vorisini sayladi. Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal davlatining bosh vaziri Armin Laschet vorisga aylandi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Saylov kampaniyasida bir nechta nomzodlar, shu jumladan, parlament fraksiyasining sobiq rahbari Fridrix Mers va Bundestag tashqi siyosat qo‘mitasi rahbari Norbert Rottgen qatnashdilar.

Avvalroq XDIP delegatlari qurultoyida Laschet terrorchilarga Germaniyada norozilik va tartibsizliklarni qo‘zg‘atishiga yo‘l qo‘ymasligini aytgan edi, deb xabar beradi “TASS”. U o‘tgan yili Berlinda hukumat tomonidan koronavirusga qo‘yilgan cheklovlar tufayli norozilik namoyishlari boshlangan voqealarni esga oldi. Laschet Germaniyani nafratning barcha ko‘rinishlaridan o‘zini himoya qilishga chaqirdi.

31 dekabr kuni Merkel so‘nggi marta fuqarolarni Yangi yil bayramlari bilan tabriklagani ma’lum bo‘ldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u endi Germaniya kansleri lavozimida qolmoqchi emas.

Ma’lumot uchun Merkel 2005 yil 22 noyabrda birinchi ayol kanslerga aylangandi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!