Merkel "AstraZeneca" vaksinasi bilan emlanish uchun ro‘yxatdan o‘tmadi

Merkel "AstraZeneca" vaksinasi bilan emlanish uchun ro‘yxatdan o‘tmadi

Germaniya kansleri Angela Merkel ilgari 11 aprel, yakshanba kuniga rejalashtirilgan koronavirusga qarshi emlash uchun ro‘yxatdan o‘tishni bekor qildi. Bu haqda "Bild" nashri xabar bermoqda.

Bunga Germaniyadagi hukmron partiya — «Xristian-demokratik ittifoqi» yig‘ilishi sabab bo‘lgan. Manbaga ko‘ra, kansler ushbu tadbirda qatnashishi lozim edi.

Nashrning yozishicha, Merkel sobiq "Berlin-Tempelhof"  aeroporti hududida tashkil etilgan tibbiy markazda emlanishi kerak edi. U "AstraZeneca" (Buyuk Britaniya-Shvesiya) kompaniyasi vaksinasi bilan emlanishi rejalashtirilgan edi.

Avvalroq Merkel maxsus tartibda koronavirusga qarshi emlashdan bosh tortgan edi.

30 mart kuni Germaniyada "Vaxzevria“ (”AstraZeneca") vaksinasi bilan emlanganlarning 30 nafardan ortig‘ida miyada tromboz hosil bo‘lgani aniqlangani va ulardan to‘qqiz nafari hayotdan ko‘z yumgani ma’lum qilingan edi.

Avvalroq, Germaniyaning Robert Kox instituti qoshidagi Emlash bo‘yicha doimiy komissiya (STIKO) "AstraZeneca“ vaksinasini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalarini o‘zgartirgan edi. Uning xulosasiga ko‘ra, preparat faqat 60 yoshdan oshganlarga mo‘ljallangan. Komissiyaning fikriga ko‘ra, preparat kamdan-kam hollarda emlashdan keyin 4-16 kun ichida tromboz holatlariga olib kelishi mumkin, asosan ushbu yosh chegarasidan past bo‘lgan bemorlarda. Shu bois 30 mart kuni Germaniyada ”AstraZeneca" vaksinasi faqat 60 yoshdan katta odamlar uchun qo‘llanilishi ma’lum qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!