"Meni qidirishning hojati yo‘q, o‘zim boraman"

"Meni qidirishning hojati yo‘q, o‘zim boraman"

Shu tariqa Ramzan Kadirov Ukrainada qidiruvga berilganiga munosabat bildirdi.

"SBU meni hech topa olmayapti. Butun dunyo mening Grozniy markazida ekanligimni biladi, Ukrainaning ahmoq xavfsizlik xizmati esa meni o‘n martalab qidiruvga e’lon qildi.

Men allaqachon aytgandim va yana takrorlayman: SBUchilar joyini va vaqtini ayting! Meni izlash shart emas. Aytgancha, men Ukrainada bir necha bor bo‘lganman va u yerda kimdir meni qidirayotganini ko‘rmadim", - dedi Checheniston rahbari.

Avvalroq Ukraina xavfsizlik xizmati Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni qidiruvga berganini xabar bergandik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!