“Menga ularning zahri kerak edi!”: Erkak 200 ta chayonni yashirincha samolyotga olib kirishga harakat qildi

“Menga ularning zahri kerak edi!”: Erkak 200 ta chayonni yashirincha samolyotga olib kirishga harakat qildi

Xitoylik erkak samolyotga noqonuniy ravishda ikki yuz tirik chayonlarni olib kirishgaga urindi. Kontrabanda bilan shug‘ullanuvchi erkak Bandaranaike xalqaro ayeroportida bojxona tekshiruvi paytida qo‘lga olindi, deb yozadi “The Sun”.

30 yoshli erkak chayonlarni Shri-Lankadan sotib olgan. So‘ng ularni ehtiyotkorlik bilan plastmassa idishlarga joylab Guanchjouga olib ketmoqchi bo‘lgan. Ammo ayeroport xodimlari tintuv paytida chayonlarni topishgan.

“Menga ularning zahri kerak edi!, dedi xitoylik surishtiruv davomida. Qanday maqsadlar uchun kerakligini esa aytishni xohlamagan.

Huquqbuzarga 551 AQSh dollari miqdorida jarima solingan. Qonunni buzganiga qaramay, erkakka Xitoyga uchib ketishiga  ruxsat etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!