Meksikada ro‘y bergan qurolli hujumda yetti kishi halok bo‘ldi

Meksikada ro‘y bergan qurolli hujumda yetti kishi halok bo‘ldi

Meksikaning Xeres-de-Garsiya-Salinas shahrida bir guruh noma’lum shaxslar barga qurolli hujum uyushtirdi, natijada yetti kishi halok bo‘ldi, olti kishi yaralandi.

Bu haqda shahar ma’muriyatining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lumot paydo bo‘ldi.

Xabarda qayd etilishicha, hujum yuzasidan viloyat prokuraturasi tergov boshlagan. Ish bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar hozircha mavjud emas.

Shahar meri Xose Umberto Salasar Kontreras halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirdi.

“Xeres hukumati ro‘y bergan voqealardan chuqur qayg‘uda", — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!