Meksika Rossiya bilan vizasiz rejim joriy etish niyatida

Meksika Rossiya bilan vizasiz rejim joriy etish niyatida

Meksika rasmiylari rossiyalik hamkasblari bilan vizasiz rejimni tashkil etish bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazmoqda.

Shu bilan birga, mamlakatlar o‘rtasida havo qatnovini tiklash uchun hech qanday shart-sharoit yo‘q, deb yozadi “Izvestiya”.

“Ushbu masala bo‘yicha qaror qabul qilish uchun Tashqi ishlar vazirligida ham, federal davlat ma’muriyatida ham vakolatli organlar bilan maslahatlashuvlar davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq rossiyaliklarning Meksikaga kirishiga ruxsat berilmagan bir qator holatlar fuqaroligi yo‘qligi sababli bo‘lgani xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!