Mehnat shartnomasida taraflarning rekvizitlari ko‘rsatiladi

Mehnat shartnomasida taraflarning rekvizitlari ko‘rsatiladi

📝 Yangi Mehnat kodeksiga ko‘ra, mehnat shartnomasida mehnat shartnomasi tuzilgan sana va joy, mehnat shartnomasining raqami va uning taraflarining rekvizitlari ko‘rsatiladi.

✅ Xodimning mehnat shartnomasida ko‘rsatiladigan rekvizitlari quyidagilardan iborat:

▫️familiyasi, ismi va otasining ismi;
▫️shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
▫️yashash yoki turgan joyining manzili va u bilan bog‘lanishga doir ma’lumotlar;
▫️soliq to‘lovchining identifikasiya raqami;
▫️jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (mavjud bo‘lganda);
▫️shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i raqami.

☑️ Ish beruvchining mehnat shartnomasida ko‘rsatiladigan rekvizitlari quyidagilardan iborat:

▫️mehnat shartnomasini tuzgan ish beruvchining nomi;
▫️ish beruvchining mehnat shartnomasini imzolagan vakili haqidagi ma’lumotlar;
▫️ish beruvchi tashkilotning joylashgan yeri (pochta manzili);
▫️soliq to‘lovchining identifikasiya raqami;
▫️ish beruvchilarning bank rekvizitlari;
▫️ish beruvchining aloqa ma’lumotlari (telefon raqamlari, elektron pochta manzili va boshqalar).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!