Medvedev Ukrainani G‘arb qo‘lidagi qurol deb atadi

Medvedev Ukrainani G‘arb qo‘lidagi qurol deb atadi

Rossiya Ukraina bilan jang qilmayapti, u shunchaki qurol, AQSh va qolgan G‘arb maqsadi bu boshqa mamlakatlar zaiflashgan paytda Rossiyani yo‘q qilishdir. Bu haqda “Edinaya Rossiya” (“Yagona Rossiya”) partiyasi raisi va Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.

“Shu bilan birga shuni maxsusan qayd etmoqchimanki, biz Ukraina bilan kurashmayapmiz, AQSh va asosiy xushomadgo‘ylar siymosidagi global G‘arb deb ataluvchining maqsadlari oydan ravshan: boshqa mamlakatlar zaiflashgan paytda Rossiyani yo‘q qilish. Aytgancha, jumladan, Yevropa mamlakatlari ham”, - dedi Medvedev partiyaning kengashi yig‘ilishida.

U Ukraina texnik qurol ekani, uning fuqarolari esa “G‘arb tanlagan harbiy harakatlar teatridagi xarajat materiali” ekanini qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!