Medvedev: Oddiy yevropaliklar Rossiya bilan munosabatlarni uzmoqchi emas

Medvedev: Oddiy yevropaliklar Rossiya bilan munosabatlarni uzmoqchi emas

Evropa Ittifoqi davlatlarining oddiy fuqarolari o‘z hukumatlaridan farqli o‘laroq, Rossiya bilan aloqalarni uzishga intilmayapti, dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev.

“So‘rov natijalariga ko‘ra, oddiy fuqarolar sog‘lom fikrni hali yo‘qotgani yo‘q. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari aholisining yarmidan ko‘pi Rossiya bilan aloqalarni uzishni umuman istamayapti”, — deb yozdi u Telegram'dagi sahifasida .

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Yevropa fuqarolari oddiy shaxsiy aloqalarni, qozonxonalarda rus energiyasini, muvaffaqiyatli savdoni va o‘z muzeylari va kafelarida rossiyalik sayyohlarni xohlashadi.

Avvalroq Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Rossiya fuqarolariga Yevropaga sayyohlik vizalari berishni taqiqlash haqidagi talabini qo‘llab-quvvatlagani xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!