"Meari" to‘foni Yaponiya poytaxtiga yetib keldi

"Meari" to‘foni Yaponiya poytaxtiga yetib keldi

"Meari" to‘foni shanba kuni Yaponiyaning Tinch okeani sohillariga, Tokio yaqiniga yetib keldi. Bu haqda Milliy meteorologiya boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar beradi Kyodonews agentligi.

Milliy meteorologiya boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, «Meari» to‘foni Yaponiyaning markaziy hududlariga 300 ml gacha yomg‘ir olib keladi va ko‘chki va toshqinlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Ob-havo prognozlariga ko‘ra, tayfun Yaponiya qirg‘oqlariga yaqinlashganda, maksimal 30 m/s gacha bo‘lgan kuchli shamollar kutilmoqda.

Tayfun 15 km/soat tezlikda harakat qilmoqda, uning episentrida shamol tezligi 25 m/s ni tashkil qiladi.

Noqulay ob-havo sharoiti tufayli mamlakatning yirik aviatashuvchilaridan biri to‘fon o‘tishi kutilayotgan hududda kamida 10 ta reysni bekor qildi. Parom qatnovi to‘xtatildi, poyezdlar qatnovida sezilarli kechikishlar va o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!