MCHJ binosi ichidagi seyfdan yetmish yetti million so‘m pul o‘margan shaxslar qo‘lga olindi

MCHJ binosi ichidagi seyfdan yetmish yetti million so‘m pul o‘margan shaxslar qo‘lga olindi

Termiz shahrida 2022 yil 5 noyabr kuni, Toshkent shahrida yashovchi, MCHJ rahbari, SH.Shokir (ism shariflar o‘zgartirilgan) shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 31 oktyabr kunidan 1 noyabr kuniga o‘tar kechasi soat 03.00 larda, noma’lum shaxslar shaharning “Jayxun” mahallasida joylashgan MCHJ binosining ichida bo‘lgan temir seyfdan jami 77.000.000 (etmish yetti million) so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlik jinoyatini Termiz shahrida yashovchilar, B.Sobir. K.Kamol va T.Toliblar sodir etishganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 5 noyabr kuni B.Sobir. K.Kamol va T.Toliblarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,v,g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!