Mbappening qaysi jamoaga o‘tishi va qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi

Mbappening qaysi jamoaga o‘tishi va qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe «Real» bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Jurnalist Janluka Di Marsio xabar tarqatishicha, madridliklar yozda 23 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashadi.

«Qirollik klubi» Mbappe bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Futbolchining bir yillik maoshi soliqlar chiqarib tashlanganidan so‘ng 25 million yevroni tashkil etadi (soliqlar bilan birga 50 million yevro).

Shuningdek, erkin agent sifatida "Santyago Bernabeu"ga o‘tayotgan futbolchiga 100 million yevro miqdorida bonus to‘lab berilishi ko‘zda tutiladi. Shu tariqa, Mbappe "Real" safida eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylanadi.

Kilian joriy mavsumda "PSJ" safida barcha musobaqalar doirasida 44ta o‘yinda ishtirok etib, 36 gol va 21 uzatma muallifiga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!