Mbappe "Real" tarixida antirekord qayd etgan to‘qqizinchi futbolchi bo‘ldi
"Real" hujumchisi Kilian Mbappe Madrid klubi safida penaltilar bilan bog‘liq o‘ziga xos ko‘rsatkich qayd etdi.
Fransiyalik futbolchi "Real" safida tepgan 24 ta penaltidan 5 tasini golga aylantira olmagan. Shu tariqa, u klub tarixida kamida beshta penaltidan xato qilgan to‘qqizinchi futbolchi bo‘ldi.
Bu borada "Real" tarixida Krishtianu Ronaldu birinchi o‘rinda — portugaliyalik futbolchi 92 ta urinishdan 13 tasida muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Alfredo Di Stefano 56 penaltidan 12 tasini, Michel esa 47 urinishdan 8 tasini golga aylantira olmagan.
Shuningdek, Ferens Pushkash 38 penaltidan 7 tasida, Luish Figu 37 tadan 6 tasida xato qilgan. Xuanito, Pirri va Karim Benzema hisobida 5 tadan amalga oshirilmagan penalti bor.
Mbappening penaltilarni amalga oshirish ko‘rsatkichi 79 foizni tashkil etmoqda.
