Mbappe jamoadoshlari bilan tortishib qolgan

Mbappe jamoadoshlari bilan tortishib qolgan

“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya chempionatining “MonpelYE” klubiga qarshi o‘yinda (5:2) tanaffusda jamoadoshlari bilan janjallashib qolgan, deb xabar bermoqda TNT Sports.

Manbaning xabariga ko‘ra, parijliklar klubi rahbariyati hujumchi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar chog‘ida unga sheriklar uning uchun o‘ynashini va’da qilgan. Biroq "PSJ" futbolchilari bu qarordan norozi va uni amalga oshirmoqchi emas. Shu sababli Mbappe jamoadoshlari bilan janjallashib qolgan.

23 yoshli Mbappe o‘zini klubning asosiy yulduzi ekanligiga ishonchi komil, shuning uchun u kamroq himoyaviy ishlarni bajarishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!