Mbappe ham, Holand ham emas. "Real"ning asosiy transfer maqsadi ma’lum bo‘ldi

Mbappe ham, Holand ham emas. "Real"ning asosiy transfer maqsadi ma’lum bo‘ldi

"Real"ga sifatli markaziy himoyachi kerak. Madrid klubining yangi murabbiyi Karlo Anchelotti shunday fikrda. Italiyalik mutaxassis allaqachon asosiy nomzod bo‘yicha qaror qabul qilgan.

FootMercato jurnalistlarining xabar berishicha, Madridning "Real" klubi ushbu yozda "Sevilya" himoyachisi Jyul Kundening transferi bo‘yicha muzokaralar olib borishga harakat qiladi. Transfermarkt 22 yoshli fransuzni 60 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, yosh himoyachiga Kataloniyaning "Barselona" klubi ham da’vogarlik qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!