MAZ avtobuslari Rossiya bozorida ikkinchi o‘rinni egalladi

MAZ avtobuslari Rossiya bozorida ikkinchi o‘rinni egalladi

Iyul oyida Rossiya kompaniyalari va tashuvchilari 904 ta yangi avtobus sotib oldi, bu 2021-yil iyuliga nisbatan 20 foizga kam. Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, sotib olingan avtobuslarning 62 foizi Rossiyada ishlab chiqarilgan, 22,5 foizi belarus, juda kichik ulush Xitoy avtomobil sanoati mahsulotlariga to‘g‘ri keldi.

▫️Modellar reytingida Rossiyaning PAZ 3204 avtomobili yetakchilik qilmoqda.Iyul oyida ushbu model 149 dona sotilgan.
▫️Ikkinchi o‘rinni MAZ 203 egalladi: so‘nggi bir oy ichida Rossiya ushbu rusumdagi 105 ta avtobus xarid qildi.
▫️ Uchinchi o‘rinda ham MAZ, lekin o‘rtacha sig‘im sinfiga ega - 206-model. 98 ta shunday nusxa sotilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!