Maymun chechagi dunyoning 89 davlatida ro‘yxatga olindi, bemorlar soni qariyb 28 ming nafarga yetdi

Maymun chechagi dunyoning 89 davlatida ro‘yxatga olindi, bemorlar soni qariyb 28 ming nafarga yetdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yer yuzida maymun chechagi tarqalishi bilan bog‘liq navbatdagi hisobotini e’lon qildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda keltirilishicha, ushbu epidemiya hozirgacha dunyoning 89 davlatida ro‘yxatga olindi. Infeksiyani yuqtirgan bemorlar soni esa 27 814 nafarga yetgan. Ulardan 11 nafari kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

Virusdan eng ko‘p aziyat chekayotganlar ro‘yxatida Yevropa va Amerika qit’alari peshqadam. Xususan, shu kungacha AQShda 7510 nafar bemorga maymun chechagi tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa, Yevropada bu ko‘rsatkich 16 814 nafarga teng.

Shundan Ispaniyada — 4577, Germaniyada — 2887, Buyuk Britaniyada — 2759, Fransiyada — 2239, Braziliyada – 1721 ta holat qayd etilgan.

Qolgan 83 ta mamlakatda esa kasallanganlar soni ko‘pi bilan 1000 nafardan oshmaydi. Nigeriyada 4 nafar, Ispaniya va Markaziy Afrika Respublikasida 2 nafardan, Braziliya, Gana hamda Hindistonda esa bir nafardan bemor xastalik tufayli vafot etgan.

JSSTning ma’lum qilishicha, hozircha maymun chechagiga qarshi alohida va maxsus vaksinalar mavjud emas. Shunga qaramay, chechak kasalligining oldini olishda qo‘llaniladigan emlash vositalari ushbu xavfli infeksiyadan himoyalanishda 85 foiz samara beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!