Maxsuslashtirilgan tibbiyot muassasasi Zangiotadagi Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasiga ko‘chiriladi

Maxsuslashtirilgan tibbiyot muassasasi Zangiotadagi Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasiga ko‘chiriladi

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizdagi Maxsuslashtirilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasida issiq suv ta’minotida yuzaga kelgan uzilishlar haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi.

Ushbu shifoxona 2012 yilda tashkil etilganganligi bois tibbiyot muassasasining isitish tizimi butunlay yaroqsiz holga kelib qolgan.

Xususan, so‘nggi paytlarda suv quvurlari nosoz bo‘lib, bu holat shifoxonada davolanayotgan bemorlarni issiq suv bilan ta’minlashda turli muammolarni yuzaga keltirmoqda. Bundan tashqari, ba’zi xonalar ta’mirtalab ahvolda bo‘lib, davolash muolajalarini to‘liq amalga oshirishning imkoni yo‘q.

Shu sababli Respublika sanitariya- epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar yakuniga ko‘ra, ushbu maxsuslashtirilgan tibbiyot muassasasi ish faoliyati to‘xtatildi.

Bemorlarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etish maqsadida mazkur shifoxona 2022 yilning 1 dekabridan vaqtincha Respublika maxsus 2-son Zangiota shifoxonasiga ko‘chiriladi. Endilikda faoliyati to‘xtatilgan ob’ektda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!