Maxsus operasiya: Rossiya Mudofaa vazirligi bayonoti

Maxsus operasiya: Rossiya Mudofaa vazirligi bayonoti

O‘tgan sutka davomida Rossiya Mudofaa vazirligi 1ta samolyot, 10ta tank, 3ta "Grad" 11ta yartilleriya quroli 4ta gaubisa va yana boshqa ko‘plab harbiy texnikasini yo‘q qildi.

Rossiya Qurolli kuchlari qanotli raketalar yordamida NATO davlatlari Ukrainaga yetkazib bergan qurol-aslaha omborini yo‘q qildi. Bu haqida Mudofaa vazirligi brifingida xabar qildi.

Mudofaa vazirligining ertalabgi brifingidan asosiy faktlar:

Lvov viloyatidagi "Kalibr" raketalari yordamida Ukrainaga NATO davlatlari tomonidan yetkazib berilgan chet el qurollari ombori, shu jumladan 155 mm M777 gaubisalarini yo‘q qilindi;

Rossiya Aerokosmik kuchlari Nikolayev viloyatida Voznesensk harbiy aerodromida Ukraina Harbiy-havo kuchlarining aviasiya texnikasini yo‘q qildi;

Dnepropetrovsk viloyatida Donbassdagi Ukraina guruhi uchun AQSh va Yevropa davlatlaridan olib kelingan katta miqdordagi qurol-yarog‘ va harbiy texnikani yo‘q qildi;

RF Qurolli Kuchlari havo hududini boshqarish radarini, Buk-M1 havo mudofaa tizimini, o‘q-dorilar omborini, Ukraina Qurolli Kuchlarining ikkita qo‘mondonlik punkti va aloqa markazini yo‘q qildi;

Aviasiya yordamida 300 nafar millatchi yo‘q qilindi;

Xarkov viloyatidagi elektron kurash markazi, 10ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalarni, uchta "Grad" reaktiv tizimi, 18 ta maxsus mashina, uchta minomyot ekipaji bilan, 11 dala artilleriya qurollari, shu jumladan to‘rtta 155 mm M777 gaubisasini yo‘q qildi;

Bir dona Su-25 samolyotini urib tushirdi;

Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari oltita UAVni urib tushirdi va "Uragan" reaktiv tizimlarining 12ta snaryadi tutib olindi;

Raketa qo‘shinlari va artilleriya 313 ta ishchi kuchi va harbiy texnika to‘plangan hududga, 43 ta qo‘mondonlik punktlariga, Ukraina Qurolli kuchlari artilleriya bo‘linmalarining 62 ta o‘q otish joylariga zarba berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!