"Matiz" haydovchisi 12 yoshli qizning o‘limiga sabab bo‘ldi

"Matiz"  haydovchisi 12 yoshli qizning o‘limiga sabab bo‘ldi

Ma’lum qilinishicha, soat 08:45 da Gazarak–Tortuli yo‘nalishi bo‘yicha yuqori tezlikda harakatlanayotgan «Matiz» yo‘lni kesib o‘tayotgan qizni urib yuborgan. Shundan so‘ng haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l mashina chetidagi daraxtga urilgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida qiz og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga olib borilgan va shu yerda vafot etgan. Haydovchi va yo‘lovchi ham shifoxonaga yotqizilgan.

«Bu yo‘l mahalliy ahamiyatga ega bo‘lib, bu yerda harakat tezligi soatiga 70 kilometr bo‘lishi kerak. 5.22 va 5.23 yo‘l belgilari o‘rnatilgan. Bu qismda dislokasiyada piyodalar o‘tish yo‘lakchasi o‘rnatish ko‘rsatilmagan. Hozirda bu yerda aholi gavjumligi hisobga olib, yo‘lakcha o‘rnatishga kelishib oldik», — deydi yo‘l bo‘limi muhandisi Mirsharaf Murodov.

Shuningdek, viloyat YHXB bo‘lim boshlig‘i G‘ayrat Turdiyevning ma’lum qilishicha, «avariya» sodir bo‘lgan hududda yo‘l belgilari o‘rnatilgan, yo‘l yotiq chiziqchasi mavjud emas. Ushbu joyda piyodalar yo‘lakchasi tashkil etish hamda tezlikni cheklovchi belgilar o‘rnatish yuzasidan Sariosiyo tuman hokimligiga so‘rovnoma kiritilgan.

https://t.me/surxonypx/1400


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!