Mask Twitter ni sotib olish bo‘yicha kelishuvni yakunlashga tayyor

Mask Twitter ni sotib olish bo‘yicha kelishuvni yakunlashga tayyor

Agar kompaniya akkauntlarning haqiqiyligini qanday tasdiqlaganini ko‘rsatsa, Ilon Mask Twitter ni sotib olish bo‘yicha kelishuvni yakunlashga tayyor.

"Agar Twitter shunchaki 100 ta akkauntni tanlash usuli haqida gapirsa va ular qanday autentifikasiya qilinganligini ko‘rsatsa, bitim dastlabki shartlar asosida yopiladi", deb yozdi u.

Bahorda Mask ijtimoiy tarmoqni 44 milliard dollarga sotib olmoqchi ekanligini ma’lum qilgan, biroq may oyi o‘rtalarida saytda qancha bot akkaunti borligini tekshirish uchun bitimni to‘xtatgan edi.

9-iyul kuni tadbirkor sotib olishdan bosh tortdi va birozdan keyin Twitter uni xaridni yakunlashga majbur qilish uchun sudga berdi. Shundan so‘ng Mask qarshi da’vo bilan chiqdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!