Mashinalarga "monitor" o‘rnatishga ruxsat berildi

Mashinalarga "monitor" o‘rnatishga ruxsat berildi

Monitor o‘rnatishga ruxsat, lekin boshqaruv paytida video tomosha qilish mumkin emas
Ko‘pchilikka yaxshi ma’lumki, “Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma’muriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun qabul qilindi.

Unga ko‘ra endilikda haydovchilar transportni boshqarishda telefondan quloqchinlar orqali va qo‘llarini ishlatmasdan gaplashish imkonini beradigan uskunalar orqali foydalanishi mumkin.

Haydovchilar belgilangan tezlikni oshirib yuborganida qayd etilgan tezlikdan 5 km/soat chegirib tashlab jazo qo‘llaniladi. Shuningdek, transport salonining old qismiga monitor (displey) o‘rnatganlik uchun javobgarlik bekor qilindi.

Ammo haydovchilar bir narsani unutmasliklari kerak. Ya’ni transport vositasini boshqarish paytida tele va video dasturlarni tomosha qilish uchun foydalanish javobgarlikka sabab bo‘ladi. Boshqacha aytganda, monitor o‘rnatishga ruxsat, lekin boshqaruv paytida haydovchilar monitordan video tomosha qilishlari mumkin emas.

Nima bo‘lganda avtomobil ruliga o‘tirgan har bir haydovchi hushyorlikni yo‘qotmasdan, belgilangan yo‘l qoidalariga amal qilsa, bugungi kunda ko‘p uchrayotgan ko‘ngilsiz voqea-xodisalar soni keskin kamayadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!