Mashhur sobiq teleboshlovchi Sara Xalifaga o‘lim jazosi tayinlandi

Mashhur sobiq teleboshlovchi Sara Xalifaga o‘lim jazosi tayinlandi

Misr sudi sobiq teleboshlovchi Sara Xalifa va yana 11 nafar shaxsni narkotik vositalarni noqonuniy ishlab chiqarish va saqlash bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha o‘lim jazosiga hukm qildi.

Bu haqda "Masrawy" portali xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, yana 9 nafar ayblanuvchi umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan, 7 nafar shaxs esa oqlangan.

Sud qarori hali yakuniy emas. Uning ustidan apellyasiya va kassasiya instansiyalarida shikoyat qilish mumkin.

Xalifa ham a’zo bo‘lgani aytilgan jinoiy guruh faoliyati bilan bog‘liq mojaro 2025 yil aprel oyida boshlangan. O‘shanda Qohiraning sharqiy hududlaridan biridagi xususiy xonadonda sintetik narkotiklar ishlab chiqarish sexi aniqlangan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar jami kamida 750 kilogramm narkotik moddani musodara qilgan.

Sara Xalifa faoliyatini Saudiya Arabistoni va Iroq telekanallarida boshlagan. Keyinchalik u mualliflik dasturini olib borgan va Qohirada o‘zining go‘zallik studiyasini ochgan.

Uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga kamida 3 million kishi obuna bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

MrBeast: “O‘zbekistonda muxlislarim shu qadar ko‘pki, balki ketishimizga to‘g‘ri kelar”

Бухоро вилояти ИИБ матбуот хизмати раҳбари Улуғбек Шукурлаев ҳам блогернинг ўзи шаҳарга бормагани, у ерга фақат тасвирга олиш гуруҳи келганини маълум қилди