Mashhur aktyor pinhona nikohdan o‘tdi

Mashhur aktyor pinhona nikohdan o‘tdi

Mashhur Gollivud aktyori Kianu Rivz o‘zining 46 yoshli rassom sevgilisi Aleksandra Grantning qo‘lini so‘radi.

"Globe" portali xabariga ko‘ra, 55 yoshli aktyor yorining qo‘lini so‘rash uchun juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan: xonani shamlar bilan bezatgan, kechki ovqat uyushtirgan va romantik musiqa sadolari ostida Aleksandraning qo‘lini so‘ragan. U esa, albatta, ha deb javob bergan.

To‘y 2020 yilga rejalashtirilgan va Malibu sohilida bo‘lib o‘tadi. Juftlik marosimga 70 ga yaqin mehmonni taklif qilishni rejalashtirmoqda, tayyorgarlik allaqachon boshlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!