Mashhur aktrisa nom-nishonsiz yo‘qoldi

Mashhur aktrisa nom-nishonsiz yo‘qoldi

Kino olamida mashhur bo‘lgan “Brilliant qo‘l” filmida suratga tushgan aktrisa Svetlana Svetlichnaya Moskva shahrida bedarak yo‘qolgan. Bu haqda "Moskovskiy komsomoles" xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 81 yoshni qarshilagan aktrisaning qarindoshlari polisiya mahkamasiga 22 oktyabrda murojaat qilishgan. Oradan biroz vaqt o‘tgach, uning o‘g‘li 21 oktyabrda onasini yo‘qolganligi, o‘z uyda yo‘qligini ma’lum qilgan.

Hozirda aktrisani qidirish ishlari faol davom ettirilmoqda. Aytilishicha, tasvirga olish jarayonida aktrisani ustiga jism tushishi oqibatida boshidan jarohat olgan. Buning natijasida aktrisada aqli zaiflik alomatlari paydo bo‘lgan.

Svetlana Svetlichnaya rejissyor Leonid Gaydayning “Brilliant qo‘l” filmida suratga tushgan. U filmda mehmonxonada bosh qahramon Semyon Gorbunkovni o‘g‘irlashda kontrabandachilarga yordam bermoqchi bo‘lgan latofatli qiz obrazini yaratgan va bu rol unga shuhrat keltirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!