Maryam Uzerlining makiyajsiz surati tanqidlarga sabab bo‘ldi (FOTO)

Maryam Uzerlining makiyajsiz surati tanqidlarga sabab bo‘ldi (FOTO)

Muxlislar taniqli aktrisa Maryam Uzerlining ajinlarini tanqid qilishdi. Bu haqda 5 iyun, juma kuni Turkiya ommaviy axborot vositalari xabar tarqatdi.

Ma’lumotga ko‘ra, Maryamning makiyajsiz fotosuratlaridan biri internet foydalanuvchilari orasida juda ko‘p fikrlarga sabab bo‘lgan. Ba’zi muxlislar Uzerlining yuzidagi aniq ko‘rinib turgan ajinlarni tanqid qilishgan.

Maryam Uzerlining makiyajsiz surati tanqidlarga sabab bo‘ldi (FOTO)

"Nima uchun ajin ko‘rinib turgan suratlarni joylashtirish kerak? Biz yana yosh Maryam Uzerlini ko‘rmoqchimiz”,
"Nahotki Maryamdek daromad topadigan aktrisa terisini parvarish qila olmasa", — kabi izohlar bildirildi.

Boshqalar esa, aksincha, tabiiylikni ma’qullashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!