Marselo turk klubiga o‘tishi mumkin

Marselo turk klubiga o‘tishi mumkin

«Real»ni tark etgan himoyachi Marselo Turkiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin.

Goal xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchiga «Fenerbahche» qiziqmoqda. Istanbulliklar unga yaqin kunlarda shartnoma tuzish taklifini yuborishmoqchi.

34 yoshli himoyachining o‘zi Chempionlar Ligasida o‘ynashni istamoqda va Turkiyaga ko‘chib o‘tish haqida o‘ylashga tayyor. U yiliga 6 mln yevro maosh olmoqchi.

Marseloga «Marsel», Qatar va Braziliya klublari ham qiziqish bildirmoqda. Futbolchi Yevropada qolishni afzal ko‘radi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!