Marokashning o‘nlab shaharlarida Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishlar bo‘lib o‘tdi
Marokashda G‘azo sektorida 14 oydan beri Isroil genosidiga uchragan Falastin xalqi bilan birdamlik uchun 105 ta aksiya o‘tkazildi.
Marokash nodavlat notijorat tashkilotlari, jumladan, Ummat muammolari yechimlarini qo‘llab-quvvatlash tashkiloti murojaatiga javoban aksiyalar Shimoliy Afrika mamlakatining 45 shahrida bo‘lib o‘tdi.
Minglab marokashliklar qo‘llarida Falastin bayroqlari bilan ko‘chalarga chiqib, G‘azo sektoridagi Isroil genosidini to‘xtatishga chaqirishdi.
Faollar falastinliklar va G‘azo sektorini qo‘llab-quvvatlovchi shiorlar aytib, Isroilning noqonuniy harakatlari oqibatida yuzaga kelgan zo‘ravonlik va vayronagarchilikni qoraladi.
2023 yil 7 oktyabrdan buyon 44330 falastinlik, jumladan 11979 ayol va 17492 nafar bola G‘azo sektorida Isroil genosidi qurboni bo‘ldi, yana 104933 nafar falastinlik yaralandi.
Minglab halok bo‘lgan falastinliklarning jasadlari vayron bo‘lgan binolar vayronalari ostida qolmoqda. Anklavdagi fuqarolik infratuzilmasi, shu jumladan kasalxonalar va ta’lim muassasalari binolari o‘qqa tutilmoqda.