Markaziy Osiyodan kelgan mehnat muhojirlarining Rossiyada harbiy xizmatga majburiy chaqirilishi haqidagi mish-mishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi

Markaziy Osiyodan kelgan mehnat muhojirlarining Rossiyada harbiy xizmatga majburiy chaqirilishi haqidagi mish-mishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi

Bu haqda RFning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi.

💬“Qonunbuzarlar IIVning soxta buyrug‘iga asoslanib, Rossiyada vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari qisman safarbar qilinishi haqida soxta xabarlarni tarqatmoqda”, – deyiladi xabarda.

Shuningdek, muhojirlar shartnoma tuzishdan bosh tortsa, go‘yoki ishlash uchun ruxsatnomalari bekor qilinishi va deportasiya qilinishi ham yolg‘on ekanligi qo‘shimcha qilingan.

📢 “Biz Rossiyada bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini turli provokasiyalarga berilmaslikka va faqat rasmiy ma’lumotlarga e’tibor qaratishga chaqiramiz”, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!