Markaziy Osiyoda Dushanbe birinchi bo‘lib kovidga qarshi emlash rejasini oshig‘i bilan bajardi

Markaziy Osiyoda Dushanbe birinchi bo‘lib kovidga qarshi emlash rejasini oshig‘i bilan bajardi

Tojikiston poytaxti Dushanbeda aholini koronavirusga qarshi emlash rejasi 100,4 foizga bajarildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 27 sentyabr holatiga ko‘ra Tojikistonda rejaga muvofiq COVID-19 ga qarshi deyarli 2,4 million kishi emlangan. Bu emlanishi kerak bo‘lgan aholining 41,2 foizini tashkil etadi.

Vaksinaning ikkinchi dozasi bilan 1,7 milliondan ziyod kishi emlangan.

Iyul oyida Tojikistonda 18 yoshdan katta aholini koronavirusga qarshi emlash majburiy etib belgilangan edi.

Aytgancha, Tojikistonda mana ikki haftadirki koronavirus bilan kasallanish holati aniqlanmayapti.

O‘zbekiston SSV ma’lumotlariga qaraganda, 28 sentyabr holatiga ko‘ra mamlakatda 4,3 mln kishi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan. Jami 20 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanilgan. Toshkent shahrida 1,1 mln kishi vaksinaning kamida bir dozasini olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!