Markaziy Osiyo mamlakatlarining Hamkorlik indeksi hisoblab chiqildi

Markaziy Osiyo mamlakatlarining  Hamkorlik indeksi hisoblab chiqildi

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi Hamkorlik indeksini (Kooperasiya indeksini) hisoblab chiqdi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, 2017-2021 yillar davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari Kooperasiya indeksining qiymati 1,3 barobarga ortib, 28% dan 38% gacha o‘sganligi aniqlandi.

Indeks qiymati savdo aylanmasi, investisiyalar oqimi, savdo qiymati, sayyohlar va migrasiya oqimi kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisoblanadi.

1. Mintaqa mamlakatlari bir-birining iqtisodiyotiga kiritayotgan investisiyalarning ortishi indeks qiymatining oshishiga eng katta hissa qo‘shdi. Shunday qilib, mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi investisiya oqimlari (kiruvchi va chiquvchi) hajmining umumiy investisiya oqimlari hajmidagi ulushi 5,6 barobar oshdi.

2. O‘sishning ikkinchi muhim ko‘rsatkichi mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmining oshishi hisoblanadi. O‘zaro tovar aylanmasining umumiy tovar aylanmasidagi ulushi 1,5 barobar ko‘paydi.

3. Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘zaro savdo qiymati boshqa savdo sheriklari bilan savdo qiymatiga qaraganda o‘rtacha 4 barobar past. Markaziy Osiyo mintaqasida mintaqa doirasida transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha faol siyosat olib borilayapti.

4. Bugungi kunga kelib, mamlakatni sayohat qilish maqsadida tark etgan Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolarining 80 foizdan ortig‘i mintaqaviy turizmni afzal ko‘radi. Bu umumiy tarix va bir xil qadriyatlarga asoslangan mintaqa mamlakatlarining kuchli madaniy integrasiyasidan dalolat beradi. Shu munosabat bilan Markaziy Osiyo mamlakatlarining Kooperasiya indeksi doirasida umumiy sayyohlik oqimlarida mintaqaviy turizmning ulushi 83 foizni tashkil etadi.

5. Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi migrasiya oqimlarini hisobga olgan holda shuni ta’kidlash mumkinki, Markaziy Osiyo mamlakatlariga yashash va ishlash uchun kelgan odamlarning atigi 15,3 foizi ushbu mamlakatlarning fuqarolari. Ya’ni, Markaziy Osiyo mamlakatlari aholisi uchun mintaqa yashash yoki ish qidirish mamlakatini tanlashda ustuvor ahamiyatga ega emas.

Ma’lumot uchun: indeks mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar umumiy jarayonning bir ulushi sifatida baholanadi, degan qoidaga asoslanadi. Masalan, bunga ushbu mamlakatlarning umumiy tovar aylanmasida mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi tovar aylanmasining ulushini keltirish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!