"Markaziy Osiyo mamlakatlari axloq yo‘qolishi holatiga to‘qnash keldi"

"Markaziy Osiyo mamlakatlari axloq yo‘qolishi holatiga to‘qnash keldi"

 Oxirgi o‘n yilliklarda Markaziy Osiyo respublikalari axloq yo‘qolishi va axloq normalarining yo‘qolishi singari holatlarga duch kelishdi, dedi Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov "Ala-Archa"da o‘tkazilgan "Pravoslav dini va islom - jahon dinlari" mavzusidagi xalqaro anjumanda. Sputnik Qirg‘iziston xabari asosida.

Davlat rahbari anjumanda Rossiyadan yirik delegasiya hamda Markaziy Osiyo davlatlari din vakillari ishtirok etayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Jeenbekovga ko‘ra, MO davlatlari mustaqil bo‘lgani bilan, madaniy qadriyatlar va yagona diniy birlikni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lingan. Mintaqa mamlakatlarining mentaliteti o‘xshash, dedi u.

"Taassufki, oxirgi o‘n yilliklarda bizning mamlakatlarimiz ma’naviy qadriyatlar o‘rniga moddiy qadriyatlar ketidan quvish, axloq yo‘qolishi, axloq va etika normalarining ko‘tarilishi singari holatlarga duch kelishdi", - dedi Qirg‘iziston rahbari.

Jeenbekov ushbu salbiy omillarni yengib o‘tish uchun mintaqa mamlakatlari birgalikda, muvofiqlashtirilgan holda harakat qilishlari va yuqori axloqga ega jamiyatni qurishlari kerakligini qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!