Markaziy bank xodimlari tadbirkorlar faoliyatini tekshirishga jalb etilmaydi

Markaziy bank xodimlari tadbirkorlar faoliyatini tekshirishga jalb etilmaydi

“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan Markaziy bankning huquqiy maqomi, vakolatlari, vazifalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligi kabi masalalar mustahkamlab qo‘yildi. 

✅ Qonunga Markaziy bank xodimlari uchun bir qator cheklov choralari kiritildi. Ya’ni, Markaziy bank xodimlariga quyidagilar taqiqlanadi:
? haq to‘lanadigan biror-bir boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanish, bundan ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish mustasno;
? banklar, xo‘jalik boshqaruvi organlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kuzatuv kengashlari tarkibiga kirish; 
? o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan bank sirini tashkil etuvchi axborotni yoxud qonun hujjatlariga muvofiq foydalanilishi cheklangan boshqa axborotni oshkor etish yoki uchinchi shaxslar manfaatlarini ko‘zlab undan foydalanish.

Qonunga muvofiq, endilikda Markaziy bank xodimlarini tadbirkorlik sub’ektlarining va Qonunda belgilangan boshqa sub’ektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruvlarini o‘tkazish uchun jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!