Markaziy bank raisi: "O‘zbekistonda pul qiymatini o‘zgartirish rejalashtirilmayapti"

Markaziy bank raisi: "O‘zbekistonda pul qiymatini o‘zgartirish rejalashtirilmayapti"

O‘zbekistonda milliy valyutaning denominasiyasini (pul qiymatini o‘zgartirish - tah.) o‘tkazish vazifasi qo‘yilmayapti. Bu haqda respublika Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmurotov seshanba kuni ma’lum qildi, deya xabar beradi Kun.uz nashri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayonga juda ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak, sababi nozik masaladir . Biroq, texnik jihatdan uni amalga oshirish qiyin ish emas.

Pul qiymatini o‘zgartirish odatda makroiqtisodiy vaziyatni, birinchi navbatda - inflyasiyani barqarorlashtirish mumkin bo‘lganda amalga oshiriladi. Denominasiya - texnik masala, uni o‘tkazish juda oson. Xuddi Belarusda bo‘lgani kabi og‘riqsiz amalga oshirsa ham bo‘ladi. Biz hozircha oldimizga bunday maqsadni qo‘ymayapmiz. Mavjud kupyuralar qulay va aholining naqd puldan foydalanish bo‘yicha talablariga javob beradi , - dedi Nurmurotov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019 yilning 25 fevraldan boshlab qiymati 100 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgisi muomalaga chiqarildi. Qiymati 100 000 so‘m bo‘lgan banknotning mavzusi (tematikasi) buyuk o‘zbek olimi Mirzo Ulug‘bek faoliyati va uning astronomiya fanidagi yutuqlariga bag‘ishlangan.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!