Markaziy bank bu borada rasmiy bayonot berdi

Markaziy bank bu borada rasmiy bayonot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Prezident Shavkat Mirziyoyevning surati tushirilgan oltin tangalar rasmlari tarqalishi yuzasidan Markaziy bank quyidagilarni ma’lum qiladi.

"O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan yubiley sanalari, tarixiy va zamonaviy davrning muhim voqealariga bag‘ishlangan qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar muomalaga chiqarilib, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar Markaziy bankning rasmiy veb-saytiga joylashtirilib kelinadi.

Bugungi kunda Markaziy bank tomonidan Prezident shaxsiga bag‘ishlangan qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar yoki banknotlar muomalaga chiqarilmaganini bildiramiz", - deyiladi bayonotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!