Mariupol meri: rossiyaliklar bosib olingan hududlarda 10 minggacha tinch aholini noqonuniy hibsga oldi

Mariupol meri: rossiyaliklar bosib olingan hududlarda 10 minggacha tinch aholini noqonuniy hibsga oldi

Rossiya bosqinidan keyin shaharni tark etishga majbur bo‘lgan Mariupol meri Vadim Boychenko o‘n mingga yaqin Mariupol aholisining rus harbiylari tomonidan kuch bilan ushlab turilgani haqida yozmoqda.

"Tinch aholi bosqinchilar tomonidan hibsga olinib, ozodlikdan mahrum qilish joylariga jo‘natilgan. Ma’lumki, shunday to‘rtta qamoqxona mavjud: ikkitasi Yelenovkada, Donesk tergov izolyatorida va Makeevkada", — deb yozadi Boychenko Telegram'da.

Mariupol atrofida to‘rtta filtrasiya lageri joylashtirilgan, ularda odamlar Rossiyaga deportasiya qilinishidan oldin saqlanadi, deydi Mariupol merining maslahatchisi Petr Andryushchenko.

Ukrainaliklar BBC jurnalistlariga Rossiyaning bosib olingan hududlarda joylashtirgan "filtrlash nuqtalari" haqida bir necha bor ma’lum qilgan. BBCning qayd etishicha, nashr suhbatdoshlari ukrainaliklar rus harbiylari tomonidan tor xonalarda saqlanayotgani va kaltaklangani haqida ma’lum qilgan.

Rossiya tomoni bosib olingan hududdan o‘tgan yoki "filtrlash" punktlarida saqlanayotgan ukrainaliklar haqida ma’lumot oshkor qilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!