"Mariupol himoyachilarini qutqarish uchun, birinchi navbatda, uchinchi tomondan yordam kerak"- "Kalina"

A A A
"Mariupol himoyachilarini qutqarish uchun, birinchi navbatda, uchinchi tomondan yordam kerak"- "Kalina"

Azov polki qo‘mondoni o‘rinbosari Svyatoslav "Kalina" Palamarning fikricha, Mariupol himoyachilarini qutqarish uchun, birinchi navbatda, uchinchi tomondan yordam kerak.

“Bu yerda rasmiylarning o‘zlari nimadir qila olmaydi, bizga uchinchi tomonning yordami kerak. Xalqaro hamkorlar kafolatlari, Putinga bosim... U tinch aholini evakuasiya qilishga rozi bo‘lgan bo‘lsa, unda qolganlarni ham olib chiqish imkonining ehtimoli mavjud. Hammasi tashqi bosimga, u bilan gaplasha oladigan, ta’sir qila oladigan davlatlarga bog‘liq”, — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat og‘ir.

“Yigitlar o‘layapti, bizda dori-darmonlar yetishmayapti. Biz operasiyani anesteziyasiz qilishimizga to‘g‘ri kelyapti... Agar uchinchi tomondan hech kim harbiylar uchun harakat qilmasa, bu falokat bo‘ladi ", — deya ogohlantirdi "Kalina".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!