Marg‘ilon shahrida fuqaroni xorij davlatlariga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Marg‘ilon shahrida fuqaroni xorij davlatlariga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.X. boshqa bir fuqaro I.ni 2019-2021 yillar davomida aldab, ishonchiga kirib, uni Janubiy Koreya davlati yoki Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga jo‘natish evaziga 12 700 AQSh dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlanib, tekshiruv davomida M.X. tomonidan o‘z aybiga iqror bo‘lib qaytargan 500 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!