Maradonaning JCH-1986 chorakfinalida kiygan libosi rekord narxda sotildi

Maradonaning JCH-1986 chorakfinalida kiygan libosi rekord narxda sotildi

Argentinalik afsonaviy futbolchi Diyego Maradonaning JCH-1986 chorakfinalida kiygan libosi rekord narxda sotildi.

Goal xabariga ko‘ra, Maradona Argentina – Angliya uchrashuvida (2:1) ikkita mashhur gol – qo‘l bilan kiritilgan va inglizlarning qariyb yarim tarkibini aldab darvozaga joylangan bahsda kiygan libosi auksionda rekord narx – 8,5 million yevroga sotilgan.

Qayd etilishicha, ushbu libos so‘nggi 35 yil davomida Angliya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Stiv Xojga tegishli bo‘lgan. Aynan u 1986 yilgi jahon chempionati doirasidagi Argentinaga qarshi bahsdan keyin Maradona bilan futbolka almashgan edi.

Auksionga qo‘yilgan ushbu libosning boshlang‘ich narxi 4,98 mln yevroni tashkil etgan. Maradonaning libosi auksionda sotilgan sport atributlari orasidagi eng qimmati sifatida rekord narxga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, Argentina JCH-1986 g‘olibiga aylangan. Diyego Armando Maradona esa turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan. Marhum futbolchi 2020 yilning 25 noyabr kuni 60 yoshida uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng vafot etgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!