“Maqom kechalari” cadolari butun Farg‘onaga yoyildi

“Maqom kechalari” cadolari butun Farg‘onaga yoyildi

Milliy maqom san’ati o‘zining qadimiyligi, takrorlanmas badiiy uslubi, boy ijodiy an’analari bilan ma’naviy hayotimizda o‘z o‘rniga ega. Aytish kerakki, ayniqsa, oxirgi yillarda maqom san’atini keng ommaga yoyish va targ‘ib etish borasida ko‘plab ilmiy va amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi yosh avlod qalbida milliy mumtoz san’atimizga bo‘lgan qiziqishni, e’tiborni uyg‘otib, xalqaro jamoatchilik e’tiborini jalb qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat festivali” doirasida Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar Musiqali drama tearti oldida ilk bora “Maqom kechalari” bo‘lib o‘tdi.
Madaniyat vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tashabbusi bilan tashkil etilgan konsert dasturi odamlarga o‘zgacha ruh, ko‘tarinki kayfiyat baxsh etibgina qolmay, milliy maqom san’atiga bo‘lgan mehrini, hurmatini va g‘ururini yanada oshirdi, desak hech mubolag‘a bo‘lmaydi.

Dastlab, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov musiqiy kechani ochib berdi va festival doirasidagi eng muhim loyihalardan biri bu «Maqom kechalari» ekanini ta’kidladi. Shuningdek, mazkur loyihadan kutilayotgan natijalar, maqom san’atining farzandlarimiz tarbiyasidagi roli haqida fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Shundan so‘ng aholi orasida maqom san’atining ko‘p asrlik ijro yo‘llari, qadimiy tarixi, noyob san’ati, an’ana va odatlarini keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilayotgan “Maqom kechalari” uchun maxsus tayyorlangan milliylik va zamonaviylik omuxtalangan sahna tomon san’atkorlar cholg‘u sadolari ostida kirib kela boshladi. Yetti yoshdan yetmish yoshgacha barcha ularga jo‘r bo‘ldi.

«Maqom kechalari» musiqiy kechasi davomida O‘zbekiston Respublikasi san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali “Maqom” ansambili, O‘zbekiston xalq artisti Munojaat Yo‘lchiyeva, O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi professori Salohiddin Azizboyev, Zafar Baxshi ijrosida 30 ga yaqin o‘zbek milliy maqom san’ati namunalari tomoshabinlar e’tiboriga havola qilindi. Har bir o‘zbek maqom san’atining namunasi odamlarning yurak-yuragiga yetib borganini ularning san’atkorlarga qo‘shilib hirgoyi qilishlari, ko‘zlaridagi baxt uchqunlaridan anglash mumkin edi.

— “Ma’naviyat festivali” doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning har biriga alohida yondashilmoqda, — deydi O‘zbekiston xalq artisti, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Munojaat Yo‘lchiyeva. —Forg‘ona viloyatidan start olgan festival doirasida ilk bor o‘tkazilayotgan «Maqom kechalari» musiqiy kechasi esa odamlarning xotirasida uzoq qolishi shubhasiz. Sahnaga chiqib, odamlarning ko‘zagi boqqanimda o‘zbek maqom san’ati odamlarning yuragida yashayotganiga amin bo‘ldim.
O‘ylaymanki, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan «Maqom kechalari» konsert dasturi yosh avlodni maqom san’ati bilan keng tanishtirish orqali ularda milliy o‘zlikni anglash badiiy estetik did va tafakkurni kamol toptirishga xizmat qiladi.

“Maqom kechalari” cadolari butun Farg‘onaga yoyildi“Maqom kechalari” cadolari butun Farg‘onaga yoyildi“Maqom kechalari” cadolari butun Farg‘onaga yoyildi“Maqom kechalari” cadolari butun Farg‘onaga yoyildi“Maqom kechalari” cadolari butun Farg‘onaga yoyildi

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, “Maqom kechalari” nomli musiqiy dasturlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Jami 14 ta hududdan konsert dasturiga 700 dan ortiq xonanda va sozandalar qatnashishi, 15000 dan ortiq aholi qamrab olinishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!