"Manchester Yunayted" hujumchisi "Real" e’tiborini tortdi

"Manchester Yunayted" hujumchisi "Real" e’tiborini tortdi

"Real Madrid" jamoani kuchaytirish uchun imkoniyatlar izlashda davom etmoqda. Fichajes xabariga ko‘ra, Madrid grandi "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshfordni nishonga olgan. Angliyalik futbolchi Madridda Karim Benzemani almashtiradigan futbolchi bo‘lishi mumkin.

Markus Reshford - "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi. “Qizil iblislar”ning asosiy tarkibida hujumchi 322 ta rasmiy o‘yin o‘tkazgan. Ularda Reshford 101 ta gol urdi va sheriglariga 61 ta samarali uzatma berdi.

Nufuzli Trasnfermarkt portali ekspertlari 25 yoshli Markus Reshfordni 55 million yevroga baholamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!