"Manchester Yunayted" futbolchilarning maoshi bo‘yicha APL rekordini yangiladi

"Manchester Yunayted" futbolchilarning maoshi bo‘yicha APL rekordini yangiladi

"Manchester Yunayted" Angliya Premyer-ligasida futbolchilarning maoshi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. TALKSport xabariga ko‘ra, 2021/2022-yilgi mavsumda “qizil iblislar” o‘z futbolchilariga taxminan 443 million yevro to‘lagan. Oldingi rekord “Manchester Siti”ga tegishli edi – 409,6 million yevro.

Bunday ko‘rsatkichlarga o‘tgan yozda jamoaga hujumchi Krishtianu Ronaldu, vinger Jeydon Sancho va himoyachi Rafael Varan kelganidan keyin erishilgan. Yangi maosh chegarasi klubning avvalgi ko‘rsatkichidan 19,1 foizga yuqori bo‘ldi. Ya’ni, bu yozda yangi o‘yinchilarning qo‘shilishi bilan, allaqachon e’lon qilingan 443 million yevro miqdori oshishi kutilmoqda, chunki klub Antoni, Kazemiro va Lisandro Martines kabi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Shu bilan birga, mankunianliklar bosh direktori Richard Arnold yuqori maoshlarda hech qanday muammo ko‘rmayapti. U musobaqada sezilarli muvaffaqiyatlarga erishish va muxlislarni xursand qilish uchun hamma narsa qilinayotganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!